«PSJ» va «Arsenal» jamoalari 2025/2026 yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi finalida 30 may, shanba kuni o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv Budapeshtdagi (Vengriya) «Ferents Pushkash» stadionida bo'lib o'tadi. Bahsning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga rejalashtirilgan.

Turnirning yarim finalida «PSJ» ikki o'yin natijasiga ko'ra «Bavariya»dan ustun keldi (5:4, 1:1). «Arsenal» esa yarim finalda Madridning «Atletiko» jamoasini mag'lub etdi (1:1, 1:0).

Ma'lumot uchun, «PSJ» Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.