UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan «Galatasaroy» — «Budyo-Glimt» uchrashuvi yakunlandi. Ushbu bahsda turk jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Viktor Osimhen hisobni ochdi, 33-daqiqada esa u dubl rasmiylashtirdi. Yunus Akgyun 60-daqiqada «Galatasaroy»ning uchinchi golini urdi. 76-daqiqada Andreas Xelmersen bitta javob to'pini kiritdi.

Bu g'alabadan so'ng «Galatasaroy» 6 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy jadvalida o'rta qismida joy oldi. «Budyo-Glimt» esa 2 ochko bilan past qismida qolmoqda.

Keyingi turda «Galatasaroy» 5 noyabr kuni safarda «Ayaks»ga qarshi o'ynaydi, «Budyo-Glimt» esa 4 noyabr kuni o'z maydonida «Monako»ni qabul qiladi.

Chempionlar Ligasi. Umumiy bosqich. 3-tur
«Galatasaroy» (Istanbul, Turkiya) — «Budyo-Glimt» (Budyo, Norvegiya) - 3:1
Gollar: 1:0 — Osimhen (3'), 2:0 — Osimhen (33'), 3:0 — Akgyun (60'), 3:1 — Xelmersen (76')

Manba: stadion.uz