"Qayrat" o'z maydonida "Olimpiakos"ga yutqazib qo'ydi - 0:1.

Yagona gol 73-daqiqada Jelson Martinsh tomonidan kiritildi.

"Qayrat" (1 ochko) Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va so'nggi o'rindan oldingi 35-o'rinni egallab turibdi. "Olimpiakos" (5 ochko) dastlabki g'alabani qo'lga kiritib, 26-o'ringa ko'tarilib oldi.

Keyingi turda "Qayrat" o'z maydonida "Bryugge" bilan kuch sinashadi. O'yin 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi. "Olimpiakos" shu kuni o'z maydonida "Bayer"ga qarshi bahs olib boradi.

EChL. 6-tur

9 dekabr, 20:30. «Astana Arena»

Qayrat - Olimpiakos - 0:1

Gollar: Martinsh, 73 (0:1)

Qayrat: Anarbekov, Shirobokov, Sorokin, Luish Mata, Tapalov (Tuyakbaev, 62), Baybek (Kasabulat, 82), Gleyzer, Rikardino (Gromiiko, 46), Zariya (Jorjino, 46), Mriinskiy, Edmilson (Stanoev, 82)

Olimpiakos P: Tzolakis, Byankon, Pirola, Ortega, Rodiney, Esse (Dani Garsiya, 84), Muzakitis, Shikinyu (Strefetstsa, 62), Martinsh, Podense (Taremi, 62), El-Kaabi

Ogohlantirishlar: Tuyakbaev, 70 - Esse, 14. Byankon, 35

Manba: www.stadion.uz.