"Marsel" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 2:1. O'yin Frantsiyadagi "Velodrom" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida inglizlar jamoasi hujumchisi Xarvi Barns hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng provansalliklar forvardi Per-Emerik Obameyang 4 daqiqa ichida dubl qayd etdi va mezbonlarga g'alaba keltirdi.

"Marsel" ochkolarini 6 taga etkazib, turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. "Nyukasl" esa 8-pog'onaga tushib ketdi - 9 ochko.

EChL. 5-tur

26 noyabr, 01:00

Marsel - Nyukasl - 2:1

Gollar: Barns, 6 (0:1). Obameyang, 46 (1:1). Obameyang, 50 (2:1)

Marsel: Ruli, Balerdi, Emerson, Pavar, Vermeren, Xeyberg, Bakola (O`Rayli, 62), Payshan, Vea, Grinvud (Gomesh, 88), Obameyang (Vaz, 90+2)

Nyukasl Yunayted: Poup, Sher (Xoll, 61), Tshau, Bern, Livramento (Mayli, 61), Tonali, Uillok (Remsi, 72), Gimarayns, Barns, Merfi (Elanga, 61), Gordon (Voltemade, 72)

Ogohlantirishlar: Balerdi, 3. Bakola, 36. Emerson, 52. Grinvud, 67. Vermeren, 84 - Uillok, 20. Gordon, 42. Bern, 65

Manba: www.stadion.uz.