EChL o'yini oldidan EL madhiyasi yangradi (Video)

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Kopengagen" uchrashuvi starti oldidan tasodifan Evropa ligasi madhiyasi yangradi. Ushbu bahsda daniyaliklar 3:2 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi.
Madhiya ijro etilgandan so'ng, stadiondagi muxlislar hushtak chalishni boshladilar. O'yin Vilyarreal shahrida bo'lib o'tdi.
They've just played the Europa League tune rather than the Champions League one.
— Ruairidh Barlow (@RuriBarlow) December 10, 2025
Might be taken with more humour if Villarreal were coasting through to the knockouts. pic.twitter.com/CxfzPFfPxH