Chempionlar ligasi umumiy bosqich 7-turidan o'rin olgan "Kopengagen" - "Napoli" o'yinida kuchlar teng keldi - 1:1. O'yin Daniyaning "Parken" stadionida bo'lib o'tdi.

"Napoli" ochkolarini 8taga etkazib, turnir jadvalida 23-o'ringa ko'tarildi. "Kopengagen" 8 ochko bilan 24-pog'onada bormoqda.

Kopengagen - Napoli - 1:1

Gollar: Maktominay, 39 (0:1). Larsson, 72 (1:1)

Foydalanilmagan penalti: Larsson, 72’

Kopengagen: Kotarski, Gabriel Pereyra, Sudzuki, Lopes, Meling (Garananga, 81), Madsen (Klasson, 81), Dileyni, Ashuri (Klem, 63), El-Yunussi, Kornelius (Larsson, 63), Dadason (Xatzidiakos, 36)

Napoli: Milinkovich-Savich, Buondjorno, Juan Jezus, Di Lorentso, Maktominay, Lobotka, Guterres (Ambrozino, 75), Spinatstsola (Olivera, 63), Elmas (Lukka, 81), Vergara (Lang, 63), Xeylunn

Ogohlantirishlar: El-Yunussi, 42. Klem, 90 - Xeylunn, 40. Di Lorentso, 82

Chetlatish: Dileyni, 35

Manba: www.stadion.uz.