"Napoli" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan "Qorabog'"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 2:0. O'yin Neapoldagi "Diego Armando Maradona" stadionida bo'lib o'tdi.

72-daqiqada Skott Maktominay hisobni ochdi. 72-daqiqada Marko Yankovichning avtogolidan keyin mezbonlar hisobdagi farqni oshirdi.

Italiya jamoasi hujumchisi Rasmus Xyoylund 56-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ushbu o'yindan so'ng "Qorabog'" 7 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 16-o'ringa tushib ketdi. "Napoli" (7 ochko) 18-pog'onadan joy olgan.

EChL. 5-tur

26 noyabr, 01:00

Napoli - Qorabog' - 2:0

Gollar: Maktominay, 65 (1:0). Yankovich, 72 - o'z darvozasiga (2:0)

Foydalanilmagan penalti: Xyoylund, 56’

Napoli: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Buondjorno (Juan Jezus, 90), Bekema (Politano, 64), Maktominay, Lobotka, Olivera, Di Lorentso, Neres (Vergara, 90), Lang (Elmas, 75), Xyoylund (Lukka, 75)

Qorabog': Koxalski, Mustafazade, Medina (Mmae, 60), Djafarguliev (Bolt, 75), Silva (Bayramov, 75), Yankovich, Pedru Bikalyu, Zubir, Adday, Leandru Andrade (Kashuk, 60), Duran (Axundzade, 75)

Ogohlantirishlar: Lang, 50. Rraxmani, 77 - Medina, 43. Yankovich, 55

Manba: www.stadion.uz.