Bugun, 17 fevral kuni Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasida Frantsiyaning ikki grandi — «Monako» va «PSJ» o'rtasidagi ilk uchrashuv bo'lib o'tadi. Bahs Monakodagi «Lui II» stadionida Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (18 fevralga o'tar kechasi) boshlanadi.

Uchrashuvni ispaniyalik bosh hakam Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

«Monako»: Kyon, Teze, Zakariya, Fas, Vanderson, Kayo Enrike, Kamara, Adingra, Golovin, Akliush, Balogun.

«PSJ»: Safonov, Markinos, Pacho, Xakimi, Mendesh, Vitinya, Joau Nevesh, Zair-Emeri, Kvaratsxeliya, Dembele, Barkola.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi chorshanba, 25 fevral kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: www.stadion.uz.