EChL. Gretsiya va Kipr klublari o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi (videosharh)

Evropa chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o'rin olgan uchrashuvda Pirey shahridagi “Georgios Karaiskakis” stadionida “Olimpiakos” va Kiprning “Pafos” jamoalari to'qnashdi. Bellashuv golsiz durang bilan yakunlandi.
Ikki jamoa ham gol urish imkoniyatlariga ega bo'lishdi, ammo ulardan foydalanishmadi. Shunday qilib, musobaqadagi ilk bahsda “Olimpiakos” ham, “Pafos” ham ochkolarni bo'lib olishdi.
Evropa chempionlar ligasi, 1-tur
17 sentyabr. Pirey, “Georgios Karaiskakis” stadioni.
Hakam — Ishtvan Kovach (Ruminiya).
“Olimpiakos” (Gretsiya) — “Pafos” (Kipr) — 0:0.
Manba: stadion.uz