"Pafos" o'z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan uchrashuvla "Vilyarreal"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona gol 47-daqiqada mezbonlar himoyachisi Derrik Lyukkassen tomonidan kiritildi.

"Pafos" o'z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi o'yinida g'alaba qozondi va 4 o'yinda 5 ochko jamg'argan holda umumjamoa hisobida 19-o'ringa ko'tarilib oldi. "Vilyarreal" 1 ochko bilan 32-pog'onada bormoqda.

Keyingi turda "Pafos" o'z maydonida "Monako"ni qabul qilsa, "Vilyarreal" safarda "Borussiya" D bilan kuch sinashadi.

Manba: www.stadion.uz.