Chempionlar ligasi finalida 2018 yildan, ya'ni "Real" "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan uchrashuvdan buyon ilk bor har ikki jamoa gol urdi.

Bugun "PSJ" va "Arsenal" o'zaro to'qnash keldi. Londonliklar 6-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, parijliklar 64-daqiqada muvozanatni tiklashdi.

Bunga qadar ketma-ket etti mavsum davomida finalda faqat bitta jamoa gol urgan edi:

  • 2018/19 mavsum: "Liverpul" – "Tottenxem" (2:0);

  • 2019/20: "Bavariya" – "PSJ" (1:0);

  • 2020/21: "Manchester Siti" – "Chelsi" (0:1);

  • 2021/22: "Real" – "Liverpul" (1:0);

  • 2022/23: "Manchester Siti" – "Inter" (1:0);

  • 2023/24: "Real" – "Borussiya" Dortmund (2:0);

  • 2024/25: "PSJ" – "Inter" (5:0).