"Chelsi" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o'rin olgan "Pafos"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 1:0. O'yin Londondagi "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tdi.

Yagona gol 78-daqiqada kolumbiyalik yarim himoyachi Moyses Kaysedo tomonidan kiritildi.

"Chelsi" ochkolarini 13taga etkazib, 8-o'ringa ko'tarilib oldi. "Pafos" esa 6-ochko bilan 30-pog'onaga tushib ketdi.

Chelsi - Pafos - 1:0

Gol: Kaysedo, 78 (1:0)

Chelsi: Yergensen (Sanches, 46), Badiashile, Fofana, Xato (Kukurelya, 70), Gyusto, Djeyms (Estevan, 46), Kaysedo, Fernandes, Garnacho (Gittens, 70), Pedru Netu, Delap (Joao Pedro, 70)

Pafos: Gorter, Lyukkassen, Pileas, Sema (Langa, 83), Shunich, Pepe, Jaja (Kina, 65), Brunu, Orshich (Bassauamina, 83), Dragomir (Mixail, 89), Anderson Silva (Dimata, 65)

Ogohlantirishlar: Gittens, 73. Fernandes, 86 - Orshich, 33. Sema, 56. Shunich, 78

Manba: www.stadion.uz.