Chempionlar ligasi finalida ilk bor Frantsiya va Angliya jamoalari to'qnash keladigan bo'ldi.

Joriy mavsumda EChL bosh sovrini uchun yarim finalda «Bavariya»ni mag'lub etgan «PSJ» (5:4, 1:1) hamda «Atletiko» to'sig'idan o'tgan «Arsenal» (1:1, 1:0) bahs olib boradi.

Shu vaqtga qadar Chempionlar ligasi va Evropa chempionlari kubogi tarixida Frantsiya va Angliya klublari finalda hech qachon o'zaro duch kelishmagan.

EChL-2025/26 mavsumining hal qiluvchi final uchrashuvi 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi.