«Bavariya» Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida safarda «Real»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. O'yin Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yinda hisobni mehmonlar ochishdi — birinchi bo'lim yakunida Luis Dias gol urdi. 46-daqiqada esa Xarri Keyn myunxenliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi. Mezbonlar 74-daqiqada farqni qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi — Kilian Mbappe o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Javob o'yini 15 aprel kuni Myunxendagi «Alyants Arena» stadionida bo'lib o'tadi.

Evropa Chempionlar Ligasi. 1/4 final
08.04.2026 | 00:00
«Santyago Bernabeu», Madrid

«REAL MADRID» — «BAVARIYa» — 1:2
Gollar: Luis Dias 41 (0:1), Xarri Keyn 46 (0:2), Kilian Mbappe 74 (1:2).

«Real Madrid»: Lunin, Karreras, Xeysen (Eder Militau, 62), Ryudiger, Aleksandr-Arnold, Arda Gyuler (Braim Dias, 71), Tchuameni, Pitarch (Bellingem, 62), Valverde, Vinisius Junior, Mbappe.

«Bavariya»: Noyer, Laymer (Deyvis, 69), Jonatan Ta, Upamekano, Stanishich, Kimmix, Pavlovich, Luis Dias, Gnabri (Musiala, 69), Olise, Keyn.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (36) — Ta (71), Dias (77), Noyer (82), Musiala (86).

Manba: www.stadion.uz.