UEFA Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan «Bavariya» — «Real» hamda «Arsenal» — «Sporting» jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvlariga hakamlarni tayinladi.

Germaniya va Ispaniya jamoalari o'rtasidagi bahsni sloveniyalik Slavko Vinchich boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich yordam berishadi, to'rtinchi hakam vazifasini esa David Shmayts bajaradi. VAR tizimiga niderlandiyalik Pol van Bukel va Dennis Xigler mas'ul etib belgilandi.

Angliya va Portugaliya klublari o'rtasidagi o'yinni Fransua Letekse boshchiligidagi frantsiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Uning yordamchilari Siril Mune va Mexdi Raxmuni, zaxira hakami esa Stefani Frappar bo'ladi. Videoassistent (VAR) sifatida germaniyalik Bastian Dankert, uning yordamchisi sifatida esa belgiyalik Bram van Drissxe tayinlandi.

Manba: www.stadion.uz.