"Barselona" o'z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Kopengagen"ni mag'lub etdi - 4:1.

"Barselona" 16 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi va to'g'ridan-to'g'ri EChL 1/8 finaliga yo'l oldi. "Kopengagen" (8) umumiy bosqichni 31-o'rinda yakunlab, turnirni tark etdi.

Barselona - Kopengagen - 4:1

Gollar: Dadason, 4 (0:1). Levandovski, 48 (1:1). Yamal, 60 (2:1). Rafinya, 69 - penaltidan (3:1). Reshford, 85 (4:1)

Barselona: X. Garsiya, Balde, Martin (Arauxo, 72), Kubarsi, Kunde, E. Garsiya (Bernal, 46), Olmo (Reshford, 72), Rafinya, Fermin Lopes (Kasado, 79), Yamal, Levandovski (Torres, 81)

Kopengagen: Kotarski, Lopes, Gabriel Pereyra, Xatzidiakos, Meling, Ashuri (Robert, 65), Klem (Madsen, 55), Sudzuki, Larsson (Mukoko, 65), Dadason (Klasson, 55), El-Yunussi (Xoyer, 78)

Ogohlantirishlar: Yamal, 38 - Lopes, 27. Sudzuki, 39. Meling, 87. Gabriel Pereyra, 90

Manba: www.stadion.uz.