«Barselona» Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida «Atletiko»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yin Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida kataloniyaliklar bir kishi kam bo'lib qolishdi: himoyachi Pau Kubarsi Juliano Simeonega nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.

Mehmonlar 45-daqiqada Xulian Alvaresning goli evaziga hisobni ochishdi. 70-daqiqada esa Aleksandr Syorlot «Atletiko»ning ustunligini mustahkamlovchi golga mualliflik qildi.

Evropa Chempionlar Ligasi. 1/4 final
08.04.2026 | 23:59
«Kamp Nou», Barselona

«BARSELONA» — «ATLETIKO» — 0:2
Gollar: Xulian Alvares 45 (0:1), Aleksandr Serlot 70 (0:2).

«Barselona»: X. Garsiya, Kunde (Arauxo, 73), Kubarsi, Martin, Joau Kanselu (Balde, 86), Pedri (Gavi, 46), E. Garsiya, Olmo, Yamal, Levandovski (Fermin Lopes, 46), Reshford (Torres, 73).

«Atletiko»: Musso, Molina, Gantsko (Pubil, 32), Le Norman, Rudjeri, Simeone (Almada, 80), Koke (Baena, 60), Lorente, Lukman (Serlot, 59), Grizmann (Gonsales, 80), Alvares.

Ogohlantirishlar: Gavi (65) — Koke (32), Pubil (45), Baena (63).
Chetlatish: Pau Kubarsi 44 («Barselona»).

Manba: www.stadion.uz.