"Ayntraxt" o'z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida "Galatasaroy"ni tor-mor etdi - 5:1. O'yin Frankfurtdagi "Doyche Bank Park" stadionida bo'lib o'tdi.

Nemislar safida Jan Uzun, Jonatan Burkardt (dubl) va Ansgar Knauff gol muallifiga aylandi. Yana bir golni "Galatasaroy" himoyachisi Davinson Sanches o'z darvozasiga kiritdi.

Turk klubining yagona goliga Yunus Akgyun mualliflik qildi.

"Ayntraxt" 30 sentyabr kuni "Atletiko" mehmoni bo'ladi. "Galatasaroy" shu kuni "Liverpul"ni qabul qiladi.

Ayntraxt - Galatasaroy - 5:1
18 sentyabr, 23:59, «Doyche Bank Park»
Gollar: Yunus Akgyun, 8 (0:1). Sanches, 37 - o'z darvozasiga (1:1). Burkardt, 45 (2:1). Uzun, 45 (3:1). Burkardt, 66 (4:1). Knauff, 75 (5:1)
Ayntraxt: Tsetterer, Braun, Teat, Kox (Amenda, 79), Kollinz, Shaibi, Larsson (Sxiri, 79), Knauff, Uzun (Baoyya, 71), Doan (Batshuayi, 84), Burkardt (Vaxi, 71)
Galatasaroy: Ugurdjan Chakiir, Eren Elmali (Yakobs, 66), Sanches, Singo, Sholloi, Torreyra, Lemina (Ikardi, 55), Bariish Yiilmaz, Gyundogan (Sara, 66), Sane (Kutudju, 66), Yunus Akgyun (Kaan Ayxan, 77)
Ogohlantirishlar: Burkardt, 5

Manba: www.stadion.uz.