"Atletiko" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Inter"ni mag'lub etdi - 2:1. O'yin Madriddagi "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Madrid jamoasi hujumchisi Xulian Alvares hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng "neradzurrilar" hisobni tenglashtirdi - Petr Zelinski o'zini ko'rsatdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Xose Mariya Ximenes Antuan Grizmanning burchakdan uzatgan to'pini darvozaga joylab qo'ydi va madridliklarga g'alaba keltirdi.

"Atletiko" ochkolarini 9 taga etkazib, 12-o'ringa ko'tarilib oldi. "Inter" 12 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.

EChL. 5-tur

27 noyabr, 01:00

Atletiko - Inter - 2:1

Gollar: Alvares, 9 (1:0). Zelinski, 54 (1:1). Ximenes, 90+3 (2:1)

Atletiko: Musso, Ximenes, Gantsko, Rudjeri (Grizmann, 68), Molina (Pubil, 59), Kardozo (Koke, 59), Barrios, Gallaxer (Gonsales, 59), Simeone, Baena (Serlot, 68), Alvares

Inter: Zommer, Bissek, Bastoni, Akandji, Zelinski (Suchich, 65), Xakan Chalxanoglu (Frattezi, 72), Barella, Dimarko (Luis Enrike, 79), Karlos Augustu, Martines (Espozito, 72), Bonni (Tyuram, 65)

Ogohlantirishlar: Dimarko, 44

Manba: www.stadion.uz.