"Atletiko" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turida PSVni mehmonda mag'lub etdi - 3:2.

"Matraschilar" Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida 12 ochko bilan ettinchi o'ringa ko'tarildi, PSV esa 8 ochko bilan 18-pog'onada bormoqda.

Keyingi turda "Atletiko" safarda "Galatasaroy"ga qarshi bahs olib borsa, PSV "Nyukasl" bilan kuch sinashadi.

EChL. 6-tur

10 dekabr, 01:00

PSV - Atletiko - 2:3

Gollar: Til, 10 (1:0). Alvares, 37 (1:1). Gantsko, 52 (1:2). Serlot, 56 (1:3). Pepi, 85 (2:3)

PSV: Kovarj, Gaserovski (Obispo, 58), Sxauten, Salax-Eddin, Dest, Mauro Junior, Verman, Saybari, Driosh (Perishich, 81), Vanner (Man, 59), Til (Pepi, 73)

Atletiko: Oblak, Gantsko, Pubil, Rudjeri, Molina, Koke (Grizmann, 76), Barrios, Gonsales (Gallaxer, 69), Simeone (Le Norman, 89), Serlot (Almada, 75), Alvares

Ogohlantirishlar: Saybari, 20. Sxauten, 33. Mauro Junior, 41. Gaserovski, 54 - Simeone, 48. Barrios, 50. Rudjeri, 90

Manba: www.stadion.uz.