Kelgusi mavsumda Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etadigan 27 ta jamoa ma'lum bo'ldi.

Ro'yxat mamlakatlar kesimida quyidagicha ko'rinish olgan:

  • Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa», «Liverpul»;

  • Italiya: «Inter», «Napoli»;

  • Ispaniya: «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Atletiko», «Betis»;

  • Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» Dortmund, «RB Leyptsig», «Shtutgart»;

  • Frantsiya: «PSJ», «Lans», «Lill»;

  • Niderlandiya: PSV, «Feyenord»;

  • Portugaliya: «Portu», «Sporting»;

  • Belgiya: «Bryugge»;

  • Chexiya: «Slaviya»;

  • Turkiya: «Galatasaroy»;

  • Ukraina: «Shaxtyor».

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasi g'olibi 30 may kuni aniqlanadi: finalda «PSJ» va «Arsenal» jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.