Dzyudochilarimiz Turkiy davlatlar Universiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Qirg'iz Respublikasining Cho'lpon-ota shahrida III Turkiy davlatlar Universiadasi davom etmoqda.
Ushbu kompleks musobaqa doirasida dzyudo bahslari yakuniga etdi. Ulug'bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz Universiadada 4 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladik. Bizdan bitta oltin medal ko'p jamg'argan Qozog'iston terma jamoasi bu borada birinchi bo'ldi.
Oltin medal sohiblari
-52 kg: Zarina Jamalova
-57 kg: Rayhona Mamatova
-73 kg: Hojiakbar Toshev
+78 kg: Mohlaroyim Tuxtamisheva
Kumush medal sohiblari
-48 kg: Ruxshona Alisherova
-63 kg: Marjona Nurillaeva
-66 kg: Shohjahon Otaboev
-100 kg: Muhammadali Tangriev
Bronza medal sohiblari
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-81 kg: Nodir Mavlonberdiev
-90 kg: Sardorbek Erkinov.