Joriy hafta yakunida dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2 ta xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Dastlabki guruh Xitoyning Sindao shahrida o'tadigan Gran-pri (26–28 sentyabr) musobaqasida qatnashsa, yana bir tarkib Chexiyaning Praga shahrida “Prague European Open 2025” (27–28 sentyabr) turnirida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Sindao Gran-prisi uchun tarkib:
-73 kg: Shaxram Ahadov
+100 kg: Alisher Yusupov

Praga turniri uchun tarkib:

Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov
-73 kg: Abdurahim Nufullaev
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-100 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Manba: olympic.uz