Indoneziyada dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi qit'a birinchiligi yakuniga etdi. Bugun o'tkazilgan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Oltin medal:
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov
+90 kg: Alibek Durdiev
-70 kg: Intizor Uzakbaeva

Kumush medal:
-57 kg: Maftuna Ahmedova

Bronza medal:
-73 kg: Sa'dulla Ravshanov
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-90 kg: Inomjon Bahodirov
-57 kg: Gulsanam Hazratqulova
-63 kg: Zuhra Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova

Shu tariqa, mazkur yosh toifasida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamg'argan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.