Chexiyaning Praga shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha Evropa Ochiq Kubogi o'z yakuniga etdi.

Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqa yakunida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 35 davlat orasida 5-o'rinni egalladi. Jamoamizga yagona oltin medalni buxorolik 20 yoshli dzyudochimiz Zamohshari Bekmurodov taqdim etdi.

Shukurjon Aminova, Irisxon Qurbonboeva va Muzaffarbek To'raboev Evropa Ochiq Kubogi turnirining bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorining +100 kg vaznda qo'lga kiritgan ilk medali edi.