Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor bo'lishdi

Sofiya shahrida (Bolgariya) dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati yakuniga etdi. Bugun aralash jamoaviy dasturda kuchlilar aniqlandi.
Saralashda Frantsiya, Qozog'iston va Mo'g'uliston jamoalarini mag'lub etgan yurtdoshlarimiz finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib borishdi. Afsuski, ushbu qarama-qarshilik dzyudo vatani vakillarining g'alabasi bilan nihoyasiga etdi va hamyurtlarimiz kumush medal bilan taqdirlanishdi.
Eslatib o'tamiz, yakkalik bahslarida dzyudochilarimiz 5 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritishgan edi.
Manba: championat.com