Dzyudochimiz og'ir vazn toifasida jahon chempionatining finalida tatamiga chiqqan va yakunda chempion bo'lgan birinchi o'zbek qiziga aylandi.

+78 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz hal qiluvchi final bellashuvida og'ir vazn reytingida 1-o'rinni egallab turgan frantsiyalik Emma Feeni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Umida barcha uchrashuvlarni muddatidan oldin, yaqqol ustunlik bilan engdi.

Taqqoslash uchun, Umida Nig'matova jahon reytingining 26-pog'onasidan joy olgan. U finalga qadar frantsiyalik Astan Sako, germaniyalik Elina Dilger, turkiyalik Hatike Balchi, 1/2 finalda chexiyalik Kristina Kashperovani muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.

Bu O'zbekiston terma jamoasining jahon chempiotaidagi 5-oltin medali bo'ldi!