Dzyudo, JCh: Vakillarimiz aralash jamoaviy bahslarda finalga chiqdi!

Bolgariyada davom etayotgan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida finalchilar aniqlandi.
Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi yakkalik bahslaridan keyin aralash jamoaviy bellashuvlarni ham ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Dzyudochilarimiz 1/2 finalda Mo'g'uliston terma jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Ikkinchi yarim finalda dzyudo vatani vakillari Yaponiya terma jamoasi Braziliyadan 4:2 hisobida ustun keldi. Medallar uchun kechadigan final dasturi bizning vaqt bilan soat 18:30da boshlanadi.