Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Doston Ro'ziev hamyurtlarimizning Toshkent "Katta dubulg'a" musobaqasidagi dastlabki medaliga egalik qildi.

Erkaklar o'rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ro'ziev bronza medali uchun bellashuvda gruziyalik Luka Gadeliyani mag'lubiyatga uchratib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Manba: olympic.uz