Dzanolo: «APL — dunyodagi eng qiyin liga, Emeri esa — eng yaxshi murabbiylardan biri»

Italiyalik yarim himoyachi Nikolo Dzanolo Angliya chempionatidagi ishtiroki haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi. U 2022-23 yilgi mavsumda «Aston Villa» klubi sharafini himoya qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoani 2022 yildan buyon ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri boshqarib kelmoqda.
«Mening fikrimcha, bu dunyodagi eng qiyin liga, chunki u erda har bir klub va har bir futbolchi juda kuchli hamda mahoratli. «Aston Villa»da o'ynagan vaqtimda ko'p narsani o'rgandim, u o'shanda ham, hozir ham juda yaxshi jamoa. Emeri esa hayotimdagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Ha, men bunday ajoyib tajribaga ega bo'lganimdan xursandman», — dedi Dzanolo TeamTALK nashriga bergan intervyusida.
Hozirda 26 yoshli Dzanolo o'z vatanida «Udineze» klubida to'p surmoqda. Transfermarkt portali ushbu futbolchining transfer qiymatini 13 million evroga baholagan.