Dzanolo A Seriyaga qaytdi

Hujumkor yarim himoyachi Nikolo Dzanolo Italiya chempionatiga qaytdi.
"Udineze" klubi o'zining rasmiy sayti orqali 26 yoshli futbolchini "Galatasaroy"dan 2026 yilning yarmigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Klublar o'rtasidagi kelishuvda sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan.
"Udineze" safida Nikolo Dzanolo 10-raqamda harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, "Udineze" yakshanba kuni "Inter" mehmoni bo'lib, 2:1 hisobidagi sensatsion g'alabani qo'lga kiritdi. Friuliliklar A Seriyaning ikki turidan so'ng 4 ochko jamg'argan.