Argentina terma jamoasi va Milanning «Inter» klubi sobiq futbolchisi Xaver Dzanetti 39 yoshli hujumchi Lionel Messi bu yil «Oltin to'p» sohibi bo'lishiga umid bildirdi.

«Messi olishiga umid qilaman. U 39 yoshida ko'rsatayotgan o'yin katta mukofotga loyiq. Bu uning faoliyati uchun munosib yakun bo'ladi», — deya sobiq himoyachining so'zlarini keltiradi «Komment.Shou» YouTube kanali.

Jahon chempionatida Messi sakkizta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U va Kilian Mbappe to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Mundial yarim finalida Argentina terma jamoasi Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz