Dzanetti Kristian Kivuning «Inter»dagi ishiga baho berdi

«Inter» vitse-prezidenti Xaver Dzanetti Kristian Kivuning murabbiylik faoliyatiga yuqori baho berdi.
Milanning «Inter» klubi Kristian Kivu qo'l ostidagi ilk mavsumidayoq A Seriya va Italiya Kubogi g'olibiga aylandi. Ruminiyalik mutaxassis bir yil avval jamoani tark etgan Simone Indzagining o'rnini egallagan edi. Garchi jamoa Chempionlar ligasida o'tgan yilgi muvaffaqiyatini takrorlay olmagan bo'lsa-da, 2010 yildan buyon ilk bor ichki musobaqalarda «oltin dubl»ni rasmiylashtirdi.
«Men Kivuni o'z akamdek bilaman va undan aynan shunday natijalarni kutgandim. Kristian juda aqlli inson va u bunday katta chaqiriqqa tayyor ekanini bilardim. Ko'pchilik uning tajribasi etarli emasligini aytdi, ammo u avvalroq bizning yoshlar akademiyamizda ishlagani uchun klubni juda yaxshi biladi. U har bir matbuot anjumanida aqlli va chuqur o'ylangan javoblar berib, har qanday bosimni engib o'tdi», — deya Fabritsio Romanoga bergan intervyusida ta'kidladi Dzanetti.
Eslatib o'tamiz, Kristian Kivuning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.