Dyugarri: "Real"da bu klub darajasida bo'lmagan futbolchilar ko'p"

Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri "Real" hujumchisi Kilian Mbappening o'yini tufayli tanqidlardan hayratda.
"Meni "Real"dagi muammolar faqat Mbappe bilan bog'langani hayratga soladi. Bo'rttirishni bas qilish kerak. Agar u ispanlarga ortiq kerak bo'lmasa, Kilianni qaytarib berishsin.
Balki u ketib, boshqa birovni baxtli qilar, bilmadim. Lekin rostini aytsam, bu holat meni hayratga soladi.
Bu "Real"da Madrid darajasidagi o'yinchi bo'lmagan futbolchilar juda ko'p deb hisoblayman.
O'ylaymanki, u erda bu darajaga eta olmaydigan futbolchilar bor. Ular anchadan beri bu jamoada - men Eduardo Kamavinga, Arda Gyuler, Federiko Valverde, Orelen Tchuameni haqida gapiryapman.
Hech qaerdan paydo bo'lgan va ko'plab jarohatlari tufayli asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Raul Asensio. U o'zini yaxshi futbolchi sifatida ko'rsatdi, ammo u "Real"ning markaziy himoyachisi emas.
David Alaba jarohat olgan va har uch oyda atigi bir hafta o'ynaydi, u darajaga mos kelmaydi", - dedi Kristof Dyugarri.