Dyugarri Olise haqida: «U Zidanni eslatadi, u alohida iqtidor va maydonda hamma narsani qila oladi»

Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kristof Dyugarri Maykl Oliseni Zinedin Zidan bilan qiyosladi.
«Bavariya» vingeri Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi dastlabki o'yinda (4:5) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
«Biz nimaning guvohi bo'layotganimizni hali anglab etmayapmiz, u — ajoyib futbolchi. Balki men voqealardan ilgarilab ketayotgandirman, lekin nazarimda, unda Zidanga xos nimadir bor — to'pni bemalol nazorat qilishida, tanasidan foydalanishida, chiziqlar orasida harakatlanishida va o'yinni ko'ra olishida...
Biz yangi yulduz tug'ilishiga guvoh bo'lyapmiz. Bu u qila oladigan ishlarning hali boshlanishi, xolos. Menimcha, u haqiqatan ham alohida iqtidor. U hamma narsani biladi! Gol ura oladi, pas beradi, yuguradi...
Yana kim Nunu Mendeshga shunchalik ko'p muammo tug'dirgan? Hech kim! Biz ulkan bir jarayonning boshida turibmiz», — dedi Dyugarri Rothen s’enflamme efirida.