Dyokeresh tanqidlarga javob qaytardi

Yozgi transfer oynasida hujumchi Viktor Dyokeresh "Sporting"dan "Arsenal"ga o'tdi. Shvetsiyalik forvard Portugaliya klubiga ultimatum qo'yib, mashg'ulotlarga borishdan bosh tortgani uchun tanqidlarga uchradi. U bu haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Dunyoda aslida tushunmaydigan narsalar haqida o'ylaydigan va gapiradigan odamlar ko'p. Hammani baxtli qilishning iloji yo'q. O'ylashimcha, sening hayotingda aslida nima bo'layotganini tushunmaydigan odamlarga nimanidir isbotlashim shart emas", - dedi Dyokeresh Shvetsiya terma jamoasi mashg'ulotlarida jurnalistlarga.
"Arsenal" safida uchta o'yinda Viktor Dyokeresh ikkita gol urdi. Shved "Lids"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.