Dyokeresh Shvetsiya terma jamoasining Frantsiyaga qarshi o'yindagi imkoniyatlarini baholadi

Shvetsiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Frantsiya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
Ushbu bahs 1 iyul kuni bo'lib o'tadi, uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 02:00 da chalinadi. Frantsuzlar ushbu qarama-qarshilikning yaqqol favoriti hisoblanishmoqda.
«Biz maydonga uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkinligiga bo'lgan ishonch bilan chiqishimiz kerak. Agar o'sha kuni omadimiz chopsa, menimcha, ajoyib o'yin ko'rsata olishimiz mumkin. Bizni nima kutayotganini juda yaxshi bilib turibmiz», — deya matbuot anjumanida bayonot berdi Dyokeresh.
Shvetsiya terma jamoasi Niderlandiya va Yaponiyadan keyin 4 ochko jamg'arib, o'z guruhida uchinchi o'rinni egalladi. Frantsiya esa 9 ochko bilan o'z guruhida peshqadam bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar