Dushan Vlaxovich og'ir jarohatdan so'ng safga qaytdi

Italiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, "Yuventus"ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich og'ir jarohatdan so'ng to'liq tiklandi. Serb ushbu jarohatni o'tgan yilning noyabr oyida olgan edi. Chorshanba kuni u "byankonerilar" tarkibida to'liq mashg'ulot o'tkazdi.
Kutilishicha, Vlaxovich A Seriyaning navbatdagi turidan o'rin olgan "Udineze"ga qarshi o'yin uchun "Yuve" qaydnomasidan joy oladi.
Joriy mavsumda Vlaxovich jarohat olguniga qadar barcha turnirlarda jami sakkizta samarali harakatni amalga oshirishga ulgurgan edi: oltita gol va ikkita golli uzatma. Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchini 35 million evroga baholamoqda. Uning "Yuve" bilan shartnomasi kelayotgan yozning o'rtasiga qadar amal qiladi.