Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Ro'yxatda birdaniga uch nafar futbolchi peshqadam bo'ldi — ularning har biri 200 million evro bozor qiymatiga ega. Ular qatoriga «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland hamda Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe kirdi.

Top-10 ro'yxatidan yana «Real»ning uch nafar futbolchisi, «Bavariya»ning ikki o'yinchisi, shuningdek «Barselona» va «Arsenal» vakillari o'rin oldi.

Transfermarkt versiyasiga ko'ra dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Lamin Yamal («Barselona») — 200 mln evro
2. Erling Xoland («Manchester Siti») — 200 mln evro
3. Kilian Mbappe («Real») — 200 mln evro
4. Pedri («Barselona») — 150 mln evro
5. Vinisius Junior («Real») — 150 mln evro
6. Jud Bellingem («Real») — 140 mln evro
7. Maykl Olise («Bavariya») — 140 mln evro
8. Jamal Musiala («Bavariya») — 120 mln evro
9. Bukayo Saka («Arsenal») — 120 mln evro
10. Federiko Valverde («Real») — 120 mln evro

Qayd etish joiz, reytingdagi eng yosh futbolchi 18 yoshli Lamin Yamal bo'lib, u allaqachon jahon futbolida bozor qiymati bo'yicha birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Manba: sports.kz