Yil yakunida nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari futbolchilarning narxnomalarini yangiladi. Yangilanishlardan oldin sayyoradagi eng qimmat futbolchi "Barselona" a'zosi Lamin Yamal hisoblanardi, u 200 million evroga baholanmoqda.

Yamalning narxi o'zgarmadi, ammo endi uni birdaniga ikki futbolchi quvib etdi. "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland va "Real" hujumchisi Kilian Mbappe sinxron ravishda 20 millionga qimmatlashdi va endi ular ham 200 million evroga baholanmoqda.

Ayni damda sayyoramizning eng qimmat top-5 futbolchilari orasida Jud Bellingem (160 million evro) va Vinisius Junior (150 million evro) ham bor.