Dunyoning eng qimmat futbol klublari: «PSJ» «Real» va «Siti»ni ortda qoldirdi

«PSJ» Chempionlar ligasidagi g'alabasidan so'ng, Transfermarkt ekspertlari parijliklar tarkibini baholashdi. Frantsiya chempioni futbolchilarining umumiy qiymati 1,37 milliard evroni tashkil etdi. «PSJ» bu ko'rsatkich bo'yicha dunyoda etakchiga aylandi.
Reytingning ikkinchi pog'onasida Madridning «Real» klubi joy oldi — 1,34 milliard. Kuchli uchlikni 1,32 milliard evrolik ko'rsatkich bilan «Manchester Siti» yakunlab berdi.
Shuningdek, tarkib qiymati bo'yicha eng qimmat klublar beshligidan Londonning «Arsenal» (1,23 mlrd) va Kataloniyaning «Barselona» (1,17 mlrd) jamoalari ham o'rin oldi.
O'tgan dam olish kunlari «PSJ» Chempionlar ligasi final bahsida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.