Xabaringiz bor, italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy jamoasini qabul qilib olishi deyarli aniq bo'lib qoldi. O'FA bu borada muzokaralar olib borayotganini ham tasdiqladi.

Ba'zi ma'lumotlarda 52 yoshli italiyalik mutaxassis yurtimizda yiliga 4 million evro ishlab olishi haqida ham aytildi.

Quyida dunyoda terma jamoalar miqyosida eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin. Kannavaro bu borada Top-5'ga kirib olishi mumkin.

1) Karlo Anchelotti — 9.5 mln evro (Braziliya)
2) Tomas Tuxel — 5.9 mln evro (Angliya)
3) Yulian Nagelsmann — 4.9 mln evro (Germaniya)
4) Fabio Kannavaro (O'zbekiston) va Roberto Martines (Portugaliya) — 4 mln evro
5) Dide Desham — 3.8 mln evro (Frantsiya)