Hujumchi Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi rasman e'lon qilindi. Xo'sh, yozda 34 yoshga to'ladigan misrlik futbolchi faoliyatini qaerda davom ettiradi? The Independent nashri shu mavzuda maqola e'lon qildi.

Birinchi o'rinda eng aniq variant turibdi — Saudiya Arabistoni klublaridan biri. Mualliflarning fikricha, bu borada ilgari ham Salohga qiziqish bildirgan «Al-Ittihod» klubi ajralib turibdi.

Ikkinchi variant — MLS. Maqolada aytilishicha, Saloh u erda Leo Messi va Luis Suares bilan ajoyib tandem hosil qilishi mumkin.

«Jahon darajasidagi yulduzlarni jalb qilish qobiliyatini hisobga olsak, «Inter Mayami» juda real variant bo'lgan bo'lardi», — deyiladi materialda.

Shuningdek, Evropa klublari ham tilga olingan — «PSJ», «Inter», «Galatasaroy»... va hatto «Real»! Qayd etilishicha, madridliklar futbolchini erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritish imkoniyati borligini hisobga olib, Saloh variantini ko'rib chiqishlari mumkin.