Dunyo tennischilari Farg'onada jam bo'ldi

Farg'onada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o'smirlar o'rtasida J200 tasnifiga kiruvchi turnir o'tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida Danila Kvasov ilk davrada Yaroslav Klishinni 6:1, 7:5 hisobida taslim qildi va chorak final ostonasida Ruslan Kostyukevich bilan raqobatlashish huquqini qo'lga kiritdi.
Juftlik bellashuvlarida Mahmudbek Beknazarov va Abdurahmon Karimov tandemi neytral tennischi Vadim Liashenko hamda Daniel Yureklini 4:6, 7:6, 10:8 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Javohir Mirzakamolov va Amir Safoev dueti neytral maqomdagi Alan Ayuxanov va Pavel Skvortsovni 7:6, 6:1 hisobida engdi.
Musobaqa davom etmoqda.