«Yuventus» Duglas Luisning taqdiri borasida bir qarorga kelishi kerak. Angliyadagi («Nottingem Forest» va «Aston Villa») ijaralardan qaytgach, Turin klubi yarim himoyachini olib qolish yoki sotib yuborish tanlovi oldida turibdi.

Jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti 28 yoshli braziliyalikni tarkibda saqlab qolmoqchi va uni maydon markazida sinab ko'rish niyatida. Murabbiy unda o'zi avval birga ishlagan Kristian Pisarro yoki Stanislav Lobotkaga xos potentsialni ko'rmoqda.

Biroq sport direktori Damen Komolli Duglas Luisni avvalgi rahbariyatdan qolgan «og'ir meros» deb hisoblaydi va klubning moliyaviy holatini yaxshilash hamda zarar ko'rmaslik uchun uni sotib yuborishni istamoqda. «Aston Villa» futbolchini 25 million evroga sotib olishi ehtimoli juda past.

Avvalroq «keksa sinora» egasi Jon Elkann Komolli va Spalletti bilan ularning kelgusidagi hamkorligi bo'yicha suhbatlashishni rejalashtirgan edi. Luis masalasi ularning qarashlari ayro tushayotgan yana bir nuqtaga aylandi.