Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichida jarohat olgan Dezire Due va Usmon Dembele o'rniga chaqiriladigan futbolchi nomini e'lon qildi.

Avvalroq, Due va Dembele terma jamoani tark etgani ma'lum bo'lgandi.

“Kingsli Koman Dide Desham tomonidan chaqiruv oldi. Due va Dembelening tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi Frantsiya terma jamoasi matbuot xizmati xabarida.