Due safdan chiqdi

"PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Dezire Due Frantsiya terma jamoasi safida jarohat oldi.
20 yoshli futbolchi JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Ukrainaga qarshi bahsda frantsuzlarning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlanishidan oldin Due majburiy tarzda Usmon Dembelega almashtirildi. Bosh murabbiy Dide Desham o'z qarorini tushuntirdi.
"Dezire boldir mushaklarida noqulaylik sezdi. Tavakkal qilmaslikka qaror qildik," - dedi tanaffusda "uchranglilar" bosh murabbiyi.