Due: «Har bir futbolchi jahon chempionatida gol urishni orzu qiladi»

Frantsiya terma jamoasi vingeri Dezire Due Norvegiya terma jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv uning jamoasining 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Bu shunchaki ajoyib, men juda baxtliman. Ushbu gol shaxsan men uchun muhim. Har bir futbolchi jahon chempionatida gol urishni orzu qiladi. Biz ushbu g'alabadan juda xursandmiz», — deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.
Hisobida 9 ochko bo'lgan Frantsiya guruhda birinchi o'rin bilan marraga etdi. Uning pley-offdagi raqibi keyinroq ma'lum bo'ladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar