Dubl qayd etgan Ueda Tunis — Yaponiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Ayase Ueda JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Tunisga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi.
Hujumchi o'yinning 31 va 83-daqiqalarida gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi golidan bir daqiqa o'tib, u Keysuke Gotoga almashtirildi.
Bahs 4:0 hisobida yaponiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Samuraylar tarkibida qolgan gollarga Daiti Kamada va Dzyunya Ito mualliflik qilishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng Yaponiya ochkolarini 4 taga etkazib, "F" guruhida peshqadamlik qilayotgan Niderlandiyaga etib oldi. Jamoalarning to'plar nisbati teng, biroq Ronald Kuman shogirdlari bitta ko'p gol urishgani evaziga birinchi o'rinni egallab turishibdi.
Shvetsiya guruhda uchinchi o'rinda bormoqda, Tunis esa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar