Dro «PSJ»da qanacha maosh olishi ma'lum bo'ldi

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dro Fernandes "PSJ"ga transferini yakunlash uchun Parijga yo'l oldi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar kataloniyaliklarga transfer uchun tovon pulida ko'rsatilgan 6 million evroni emas, balki ko'proq 8 million evro to'laydi.
17 yoshli futbolchi Parijda yiliga 1,2 million evro ishlab topadi. U "Barsa"da 250 ming evro maosh olgan.